Bozor tahlili
Ko‘chmas mulk asrlar davomida eng ishonchli investitsiya turlaridan biri bo‘lib kelgan. Bu turdagi sarmoya kiritish vaqt o‘tishi bilan o‘z qiymatini saqlaydi va inflyatsiyadan himoyalanadi.
1. Real, ko‘rinadigan aktiv
Aksiya yoki kriptovalyuta kabi mavhum emas — bu haqiqiy bino, yer, kvartira. Siz uni borib ko‘rishingiz, qo‘lingiz bilan ushlashingiz mumkin.
2. Qiymati vaqt o‘tishi bilan o‘sadi
Yer va bino narxlari uzoq muddatli istiqbolda har doim o‘sadi. Toshkent shahridagi ko‘chmas mulk so‘nggi 10 yilda 4-5 baravar qimmatlashgan.
3. Ikki tomonlama daromad
4. Inflyatsiyadan himoyalanadi
Ko‘chmas mulk narxi inflyatsiya bilan birga (yoki tezroq) o‘sadi. Pulingiz qiymati saqlanadi.Ijara + qiymat o‘sishi = ko‘chmas mulkning ikki tomonlama afzalligi
Mustaqil ravishda ko‘chmas mulkka investitsiya kiritish ko‘p investorlar uchun erishib bo‘lmaydigan bo‘lib qoladi:
Diversifikatsiyaning yo‘qligi — barcha pulingiz bir aktivga "ulanib qoladi"
Envast modelida har bir investor o‘z ulushiga ega bo‘ladi — kichik summa bilan ham yirik ko‘chmas mulkga sherik bo‘lish imkoniyati
Envast bu masalalarni hal qiladi:
1-bosqich: Loyiha shakllantiriladi
Envast jamoasi istiqbolli ko‘chmas mulk loyihasini tanlaydi. Loyiha uchun Kommandit shirkati tashkil etiladi va Sherik kompaniya bilan birgalikda investorlar to‘planadi.
2-bosqich: Ustav kapital yig‘iladi
Investorlar har biri o‘zi xohlagan summani kiritadi (masalan, 50 mln so‘mdan 500 mln so‘mgacha). Yig‘ilgan jami summa — bu shirkatning ustav kapitali.
3-bosqich: Obyekt sotib olinadi
Ustavdagi pul moddiy aktivga — bino, kvartira yoki yer uchastkasiga aylantiriladi. Endi loyiha aktivi sizning ulushingiz bo‘yicha sizning ham mulkingiz.
4-bosqich: Obyekt ishlaydi
5-bosqich: Taqsimot
Foyda davriy ravishda (oylik yoki yiliga bir necha bor) investorlar o‘rtasida ulushiga qarab taqsimlanadi. Siz mobil ilovangizga kirib o‘z dividentingizni ko‘rasiz.