Kompaniya yangiliklari
HISSA Kommandit Shirkati bo‘yicha navbatdagi investitsiya raundi ochildi. Raund 19-avgust kuni boshlandi va 28-avgust kuni yopiladi. Ushbu raundda jami 100 000 000 so‘m miqdorida ulush taklif etilmoqda.
| Raund muddati | 19.08.2026 — 28.08.2026 (10 kun) |
| Taklif etilayotgan summa | 100 000 000 so‘m |
| Bu ustav kapitaldagi ulush | 2,5733% |
| Minimal sarmoya | 12 000 000 so‘m (≈ 0,3088% ulush) |
| 1% ulush qiymati | 38 860 000 so‘m |
| Kutilayotgan yillik foyda | ≈ 16% |
| Risk darajasi | Past |
| ℹ️ Diqqat: Minimal sarmoya miqdoridan kelib chiqib, ushbu raundda 8 nafargacha investor qatnashishi mumkin. Ulushlar arizalar kelib tushish tartibida taqsimlanadi — taklif etilgan summa to‘lgach, raund muddatidan oldin ham yopilishi mumkin. |
HISSA Kommandit Shirkati bugungi kunda Toshkentning 3 ta tumanida, 4 ta turar joy majmuasida jami 7 ta obyekt — umumiy 272,71 m² turar joy maydoniga ega:
Yangi raunddan jalb qilingan mablag‘lar portfelni kengaytirish, ya’ni qo‘shimcha obyektlarni sotib olish va mavjud majburiyatlarni qoplash uchun yo‘naltiriladi.Har bir yangi obyekt bo‘yicha shartnoma imzolangach, Sizni alohida xabardor qilamiz.
📱 Muhim sanalar:
19.08.2026 — raund ochildi, arizalar qabul qilinmoqda
28.08.2026, 23:59 — arizalar qabuli yopiladi
28.08.2026 dan keyin — ulushlar rasmiylashtirilib, guvohnomalar beriladi
• Daromad kafolatlanmaydi. ≈16% ko‘rsatkichi portfel bo‘yicha kutilayotgan baho bo‘lib, bozor sharoitlariga bog‘liq.
• Investitsiya muddati uzoq. Obyektlarning aksariyati qurilish bosqichida — asosiy daromad obyektlar foydalanishga topshirilgach va keyinchalik sotilganda shakllanishi kutilmoqda.
Har bir raund —HISSA loyihasini navbatdagi bosqichga olib chiqadi. Ishonchingiz uchun rahmat! 🌟