Yuridik ma’lumot

Xizmatlarni ko‘rsatish tartibi va tariflar

Envast investitsiya platformasida xizmatlar qanday ko‘rsatilishi, ishtirokchilarning huquq va majburiyatlari hamda operatorning tariflari.

Xizmat tartibi

Faoliyat ikki turdagi shartnoma asosida

Operator investitsiyalarni jalb qilishni elektron shaklda tuziladigan qo‘shilish shartnomalari orqali tashkil etadi.

01 · Loyiha egasi bilan

Investitsiyalarni jalb qilish xizmati

Operator investitsiya takliflarini joylashtirish va investitsiya shartnomalarini tuzish uchun platformaga kirishni ta’minlaydi.

To‘lovchi: loyiha egasi
02 · Investor bilan

Investitsiya kiritishda ko‘maklashish

Operator takliflar bilan tanishish, ularni aksept qilish va shartnoma tuzish uchun platformaga kirish imkonini beradi.

To‘lovchi: investor

Ikkala shartnoma ham qo‘shilish shartnomasi hisoblanadi va shaxsiy kabinetda elektron raqamli imzo yoki boshqa autentifikatsiya vositasi bilan tasdiqlanadi. Tuzilgan shartnomalar shartnomalar reyestriga kiritiladi va ular bo‘yicha raqamli elektron guvohnoma shakllantiriladi.

Investitsiya jarayoni

Jarayon ikki tomon uchun ajratilgan: loyiha egasi mablag' jalb qiladi, investor esa sarmoya kiritadi.

01 · Loyiha egasi tomoniMablag' jalb qilish
  1. 1Taklifni joylashtirish

    Tekshiruvdan o‘tgan investitsiya taklifi platformada e'lon qilinadi.

  2. 2Mablag' yig'ilishi

    Investorlar aksepti bilan mablag' nominal va/yoki eskrou hisobvaraqda to‘planadi.

  3. 3Chegaralar nazorati

    Minimal summaga yetmasa taklif bekor qilinadi; maksimalga yetsa akseptlar to‘xtatiladi.

  4. 4Mablag'ni olish

    Chegara yopilgach mablag' loyiha egasiga 3 ish kunidan kechiktirmay o‘tkaziladi.

02 · Investor tomoniSarmoya kiritish
  1. 1Taklif bilan tanishish

    Investor loyiha, tavakkalchiliklar, xarajatlar va hisob-kitob shartlari bilan tanishadi.

  2. 2Aksept va mablag' kiritish

    Taklifni qabul qiladi va mablag'ini nominal va/yoki eskrou hisobvaraqqa kiritadi.

  3. 3Shartnoma va guvohnoma

    Mablag' loyiha egasiga o‘tkazilgach shartnoma tuzilgan hisoblanadi va guvohnoma shakllanadi.

  4. 4Bekor qilish huquqi

    Belgilangan muddatda investitsiyani bekor qilsa, mablag' 3 ish kunida qaytariladi.

Hisob-kitob va mablag' himoyasi

Pul mablag'larining hisob-kitobi faqat o‘zbekiston Respublikasi banklaridagi nominal va/yoki eskrou hisobvaraqlar orqali amalga oshiriladi.

Nominal hisobvaraq

Investorlarning mablag'larini alohida hisobga olish va loyiha egalariga to‘lovlarni amalga oshirish uchun bankda ochilgan operator hisobvarag'i.

Eskrou hisobvaraq

Mablag' loyiha egasiga o‘tkazilishi yoki investorga qaytarilishi shartlari yuzaga kelguniga qadar saqlanadigan hisobvaraq.

  • Har bir investor bo‘yicha mablag'lar alohida hisobga olinadi.
  • Investor shartnomaga yo‘naltirilmagan mablag'ni istalgan vaqtda o‘z hisobvarag'iga qaytarib olishi mumkin.
  • Qaytarish uchun asos yuzaga kelganda mablag' 3 ish kunidan kechiktirmay qaytariladi.

Axborot oshkorligi

Operator quyidagi ma’lumotlarni hamma foydalanishi uchun platformada oshkor qiladi.

Umumiy ma’lumot
  • Operator, mulkchilik shakli va boshqaruv organlari
  • Investitsiya platformasi qoidalari
  • Shartnoma tuzish va investitsiya kiritish tartibi
  • Operatorning yillik hisoboti
Har bir taklif bo‘yicha
  • Loyiha egasi va uning moliyaviy hisoboti
  • Faoliyat turlari va muhim faktlar
  • Jalb qilingan mablag'lar hajmi
  • Tavakkalchiliklar va xarajatlar haqida ogohlantirish
Tariflar

Xizmatlar uchun to‘lovlar

Operatorning mukofot puli (komissiya) va boshqa to‘lovlar. Aniq stavkalar xizmat shartnomasi va platforma qoidalarida belgilanadi.

Quyidagi tariflar ma’lumot uchun keltirilgan. Har bir investitsiya taklifida operatorga to‘lov, investor va loyiha egasining xarajatlari alohida ko‘rsatiladi.

XizmatKim to‘laydiTarif
Ro‘yxatdan o‘tish va identifikatsiya (KYC) Shaxsiy kabinet ochish, tekshiruvIshtirokchiBepul
Bilim va tajribani baholash testi Cheklovlarni olib tashlash uchunInvestorBepul
Investitsiya kiritishda ko‘maklashish Operatorning investorga xizmat komissiyasiInvestor0 – 2% investitsiya summasidan
Investitsiyalarni jalb qilish xizmati Muvaffaqiyatli yig'ilgan mablag'dan komissiyaLoyiha egasi3 – 6% jalb qilingan summadan
Hisobot va reyestrdan ko‘chirma 1 ish kunida taqdim etiladiIshtirokchiBepul
Mablag'ni qaytarish Nizomda nazarda tutilgan hollarda, 3 ish kunidaInvestorBepul

Tavakkalchilik to‘g'risida ogohlantirish

Investitsiya qilingan mablag'larni yo‘qotish tavakkalchiligi yuqori bo‘lib, ular to‘liq hajmda yo‘qotilishi mumkin. Investitsiya kiritishdan oldin loyiha shartlari va tavakkalchiliklar bilan diqqat bilan tanishing.

Hujjatlar

Rasmiy hujjatlar