Yangi obyekt
Hurmatli investorlar!
Envast jamoasi muhim yangilikni e'lon qiladi: HISSA Kommandit Shirkati nomidan GOLDEN LAKE turar joy majmuasida 2 ta kvartira rasmiy ravishda sotib olindi. Bu yangi aktivlar loyiha portfeliga qo'shildi va kelajakdagi ijara va sotuv operatsiyalari uchun istiqbolli imkoniyatlar yaratadi.
GOLDEN LAKE — Toshkent shahridagi zamonaviy turar joy majmualaridan biri. Mirabad tumanida joylashgan ushbu majmua quyi qavatlarida savdo-maishiy xizmat ko'rsatish bo'limlari bilan jihozlangan ko'p qavatli turar joy binolarini o'z ichiga oladi.
📍 Joylashuvi: Toshkent shahri, Mirabad tumani, MSG Karasu, Oltinko'l ko'chasi 2-tor, 115-uy.
🏗 Quruvchi: OOO "GOLDEN LAKE DEVELOPMENT" (INN: 311821594)
📋 Qurilish ruxsatnomasi: 18.08.2025 sanasidan
Yuqoridan ko'rinish: A1, A2, B va E2 bloklari — bizning sotib olgan kvartiralarimiz aynan A1 va B bloklarda joylashgan
🌐 360° virtual sayohat: Endiliklarda loyihaning qurilishdan keyingi real holatini 360° formatda ko'rishingiz mumkin. Joylashuv, infratuzilma va atrof-muhitni virtual xarita orqali tomosha qiling — kelajakdagi uyingizga yana bir qadam yaqinlashing.
| Shartnoma raqami | №43/A1 (18.05.2026) |
| Joylashuvi | Blok A1, 9-qavat, kvartira №43 |
| Umumiy maydoni | 36.88 m² |
| Xonalar soni | 1 ta |
| Xarid bahosi | 556 897 000 so'm (NQS bilan) |
| Shartnoma raqami | №62/B (18.05.2026) |
| Joylashuvi | Blok B, 5-qavat, kvartira №62 |
| Umumiy maydoni | 44.99 m² |
| Xonalar soni | 1 ta |
| Xarid bahosi | 667 441 000 so'm (NQS bilan) |
| 💰 Jami investitsiya: 1 224 338 000 so'm (≈ 1.22 mlrd so'm) 📏 Jami maydon: 81.87 m² |
| Shartnoma sanasi | 18.05.2026 |
| Qurilish yakuni (rejasi) | 31.12.2027 gacha |
| Obyekt topshirilishi | Davlat qabulidan keyin 30 kalendar kun ichida |
| Kafolat muddati | Foydalanishga topshirilgandan keyin 24 oy |
Bu kvartiralar loyihaning umumiy aktivlariga qo'shildi. Ustav kapitalning bir qismi pul ko'rinishidan endi obyekt ko'rinishiga o'tdi. Sizning loyihadagi ulush foizingiz o'zgarmaydi, lekin endi siz ushbu yangi obyektlarning ham ulush egasi hisoblanasiz.
Obyektlar qurib bo'linishi bilan ikkita strategik yo'l ochiladi:
📱 Batafsil ma'lumot: Mobil ilovamizdagi "Loyihalar" → "HISSA loyihasi" → "Obyektlar" bo'limidan kvartiralar tafsilotlari, hujjatlar va rasmlarni ko'rishingiz mumkin.
Investitsiyangizdan minnatdormiz! Biz birgalikda ko'chmas mulk bozorida ishonchli va shaffof platforma yaratmoqdamiz. 🌟