04-iyun, 2026

Yangi obyekt

GOLDEN LAKE da 2 ta kvartira sotib olindi

golden-lake-park.webp

Hurmatli investorlar!

Envast jamoasi muhim yangilikni elon qiladi: HISSA Kommandit Shirkati nomidan GOLDEN LAKE turar joy majmuasida 2 ta kvartira rasmiy ravishda sotib olindi. Bu yangi aktivlar loyiha portfeliga qoshildi va kelajakdagi ijara va sotuv operatsiyalari uchun istiqbolli imkoniyatlar yaratadi.

GOLDEN LAKE haqida

GOLDEN LAKE — Toshkent shahridagi zamonaviy turar joy majmualaridan biri. Mirabad tumanida joylashgan ushbu majmua quyi qavatlarida savdo-maishiy xizmat korsatish bolimlari bilan jihozlangan kop qavatli turar joy binolarini oz ichiga oladi.

📍 Joylashuvi: Toshkent shahri, Mirabad tumani, MSG Karasu, Oltinkol kochasi 2-tor, 115-uy.
🏗 Quruvchi: OOO "GOLDEN LAKE DEVELOPMENT" (INN: 311821594)
📋 Qurilish ruxsatnomasi: 18.08.2025 sanasidan

golden-lake-bloklar.webp

Yuqoridan korinish: A1, A2, B va E2 bloklari — bizning sotib olgan kvartiralarimiz aynan A1 va B bloklarda joylashgan

🌐 360° virtual sayohat: Endiliklarda loyihaning qurilishdan keyingi real holatini 360° formatda korishingiz mumkin. Joylashuv, infratuzilma va atrof-muhitni virtual xarita orqali tomosha qiling — kelajakdagi uyingizga yana bir qadam yaqinlashing.

GOLDEN LAKE majmuasini siljitib, aylantirib va yaqinlashtirib koring · Manba: uzbekistan360.uz

Sotib olingan kvartiralar

🏠 Kvartira №43 — Blok A1

Shartnoma raqami№43/A1 (18.05.2026)
JoylashuviBlok A1, 9-qavat, kvartira №43
Umumiy maydoni36.88 m²
Xonalar soni1 ta
Xarid bahosi556 897 000 so‘m (NQS bilan)

🏠 Kvartira №62 — Blok B

Shartnoma raqami№62/B (18.05.2026)
JoylashuviBlok B, 5-qavat, kvartira №62
Umumiy maydoni44.99 m²
Xonalar soni1 ta
Xarid bahosi667 441 000 so‘m (NQS bilan)
💰 Jami investitsiya: 1 224 338 000 so'm (≈ 1.22 mlrd so‘m)
📏 Jami maydon: 81.87 m²

Kvartiralarning texnik xususiyatlari

Asosiy qurilish parametrlari

  • Tashqi va xonalararo devorlar: Gaz-bloklar
  • Oynalari: Metallplastik yoki alyumin profilli
  • Shift balandligi: 3 metrgacha
  • Lift: Yo'lovchi va yuk lifti
  • Balkon: Keramogranit qoplama, oynalar yoki metall tosiq

Kvartira eshigi

  • Polat ramka va eshik qanoti
  • Ichki va tashqi MDF panellar bilan jihozlangan
  • Elektron qulf: mexanik kalit, karta, PIN-kod va barmoq izi orqali kirish

Isitish va ventilyatsiya

  • Individual gaz konvektor (ikki konturli)
  • Tabiiy ventilyatsiya
  • Konditsioner uchun maxsus joy

Xavfsizlik tizimi

  • IP videodomofon
  • 24/7 videokuzatuv: avtoturargoh, lift kabinalari, kirish guruhi
  • Tashqi va ichki perimetr videokuzatuvi

Muhim sanalar

Shartnoma sanasi18.05.2026
Qurilish yakuni (rejasi)31.12.2027 gacha
Obyekt topshirilishiDavlat qabulidan keyin 30 kalendar kun ichida
Kafolat muddatiFoydalanishga topshirilgandan keyin 24 oy

Sizning ulushingizga ta'siri

Bu kvartiralar loyihaning umumiy aktivlariga qoshildi. Ustav kapitalning bir qismi pul korinishidan endi obyekt korinishiga otdi. Sizning loyihadagi ulush foizingiz ozgarmaydi, lekin endi siz ushbu yangi obyektlarning ham ulush egasi hisoblanasiz.

Obyektlar qurib bo'linishi bilan ikkita strategik yo'l ochiladi:

  1. Ijaraga berish — har oy muntazam ijara daromadi, foyda taqsimotga tushadi
  2. Sotish — bozor narxi yuqorilashida sotib, sotuv foydasi taqsimot qilinadi


📱 Batafsil ma'lumot: Mobil ilovamizdagi "Loyihalar" → "HISSA loyihasi" → "Obyektlar" bolimidan kvartiralar tafsilotlari, hujjatlar va rasmlarni korishingiz mumkin.

Investitsiyangizdan minnatdormiz! Biz birgalikda kochmas mulk bozorida ishonchli va shaffof platforma yaratmoqdamiz. 🌟


  • #GOLDEN LAKE
  • #ENVAST
  • #investitsiya